Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayramining 33 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “HUQUQIY BILIMLAR” tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovda umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqiyotgan oʻquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov 2 bosqichda boʻlib oʻtadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida roʻyxatdan oʻtiladi (2024-yil 13-avgust soat 23:59 gacha).
Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Tanlovda faqat bitta akkauntdan ishtirok etishga ruxsat etiladi.
2024-yil 15-avgust soat 10-00 da
“Huquqiy bilimlar” tanlovi gʻoliblari quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
- 1-oʻrin gʻolibi planshet va kitoblar toʻplami;
- 2-oʻrin gʻolibi planshet;
- 3-oʻrin gʻolibi poverbank.
“HUQUQIY BILIMLAR” TANLOVINI O‘TKAZISH TARTIBI TO‘GʻRISIDA
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Huquqiy bilimlar” tanlovini (keyingi o‘rinlarda – Tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy, bepul hisoblanib, umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida o‘tkaziladi. Tanlovda Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar va ularning yaqim qarindoshlari ishtirok etishi taqiqlanadi.
3. Tanlov joriy yilning 15-avgust kuni online shaklda 8-dekabr.adliya.uz platformasida o‘tkaziladi.
2-bob. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
4. Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish yoshlar bo‘yicha Respublika shtabi hamda 3-ishchi guruh zimmasiga yuklatiladi. Respublika shtabi:
barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlar yaratadi;
tanlov o‘tkazilishida oshkoralik va shaffoflikni taʼminlaydi;
tanlov ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etadi.
5. Respublika shtabi hamda 3-ishchi guruh tomonidan Tanlov g‘oliblarini aniqlash maqsadida Adliya vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat kamida 3 nafar aʼzodan iborat hakamlar hayʼati shakllantiriladi.
6. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar 7-13-avgust kunlari 8-dekabr.adliya.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tadilar. Ro‘yxatdan o‘tish 13-avgust 23:59 da yakunlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda telefon raqam maʼlumotlarini saytga kiritish orqali amalga oshirilib, ishtirokchining telefon raqamiga sms xabarnoma yuboriladi. Ushbu sms xabar orqali har bir ishtirokchiga login va parol beriladi.
7. Tanlov quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:
– birinchi bosqich – test sinovlari;
– ikkinchi bosqich – huquqiy savolga javob berish.
Ishtirokchilar joriy yilning 15-avgust kuni 10:00 dan 14:00 ga qadar tanlovda ishtirok etishlari mumkin va har bir ishtirokchiga 1 ta imkoniyat beriladi.
8. Ishtirokchilar 8-dekabr.adliya.uz patformasi orqali onlayn ravishda birinchi hamda ikkinchi bosqich uchun tayyorlangan test va huquqiy savollarga javob beradilar.
Har bir ishtirokchiga 30 ta test savolini bajarish uchun 15 daqiqa, huquqiy savolga javob berish uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. 30 ta test savoli 4 ta javob variantidan iborat shaklda tuziladi hamda har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan beriladi.
9. Test savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan eng qisqa muddatda bajargan 20 nafari tanlab olinadi hamda ushbu 20 nafar ishtirokchi Tanlovning ikkinchi bosqichiga yo‘l olgan hisoblanadi.
Hakamlar hayʼati tomonidan mazkur 20 nafar ishtirokchining huquqiy savolga berilgan javoblari ko‘rib chiqilib, 10 ballgacha baholanadi.
Ikki bosqich natijasiga ko‘ra eng yuqori ballni to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
10. Tanlovning taqdirlash marosimi Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladi va g‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
1- o‘rin – Planshet va kitoblar to‘plami;
2-o‘rin – Planshet;
3-o‘rin – Powerbank.
3-bob. Yakuniy qoidalar
11. Tanlovni o‘tkazish va gʻoliblarni taqdirlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, homiylar va qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
12. Tanlov yakunlari hakamlar hayʼati tomonidan tasdiqlanadigan baholash varaqalari va bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi.